Asosiy kontentga o'tish
Hukumat portali

KELAJAKGA SARMOYA QILING

"Andijon Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-63 farmoni asosida 2026-yil mart oyida tashkil etilgan.

So'nggi yangiliklar

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi Oʻzbekiston–Amerika biznes uchrashuvida mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim strategik qadam qoʻyildi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi Oʻzbekiston–Amerika biznes uchrashuvida mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim strategik qadam qoʻyildi.

Bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi Oʻzbekiston–Amerika biznes uchrashuvida mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim strategik qadam qoʻyildi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya AQShning nufuzli «Oppenheimer & Co. Inc.» xalqaro investitsiya banki vakillari bilan samarali muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi maslahatchisi Jasurbek Karshibayev, Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Akmaljon Toʻlanov, «Andijon Invest kompaniyasi» AJ rahbari Azizbek Ikramov hamda «Oppenheimer» kompaniyasi vakili Farhodbek Inogʻambayev ishtirok etishdi. Muzokaralarning bosh maqsadi — Andijon viloyatining hududiy suveren yevrobondlarini (xalqaro obligatsiyalarini) xorijiy bozorlarga chiqarish orqali «Oppenheimer» institutidan 300 million AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlarini jalb qilishdan iborat. Jalb etilayotgan yirik moliyaviy resurslar viloyatning infratuzilmaviy va iqtisodiy salohiyatini tubdan yuksaltirishga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarga yoʻnaltiriladi

Batafsil →
 Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi Andijon viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi Andijon viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.

Andijon viloyat hokimligi qoshidagi “Andijon Invest kompaniyasi” AJ tashabusi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi Andijon viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.

Batafsil →
“Andijon Invest kompaniyasi” AJ va Xitoyning Huaxia City Investment Engineering Co., Ltd. kompaniyasi o’rtasida shartnoma imzolandi.

“Andijon Invest kompaniyasi” AJ va Xitoyning Huaxia City Investment Engineering Co., Ltd. kompaniyasi o’rtasida shartnoma imzolandi.

“Andijon Invest kompaniyasi” AJ va Xitoyning Huaxia City Investment Engineering Co., Ltd. kompaniyasi o’rtasida Andijon shahar bilan “Yangi Andijon - Bobur shahri” ni ulovchi qiymati 200 milliard so’mlik 3.8 km uzunlikdagi magistral yo’li (koʻprigi bilan) loyihasi shartnomasi imzolandi.

Batafsil →

Korporativ boshqaruv

Shaffoflik va mas'uliyat — bizning tamoyillarimiz

Andijon Invest kompaniyasi AJ davlat standartlari asosida boshqariladi. Kuzatuv kengashi, ijroiya organ va ichki nazorat tizimlari to'liq ishlaydi.

Bog'lanish

Savolingiz bormi? Biz uchun bog'laning.

Bog'lanish sahifasi